Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ot

Aytilishi

Etimologiyasi

OT I ’ism’. Ukangning o t i nima? Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu soʻz a:t tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, I, 198; Devon, I, 107), oʻsha davrlardayoq a:    unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (ПДП, 361; DS, 64); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: a:t > at > ât.

OT II ’yirik ish-ulov hayvoni’. Yaxshi o t g a bir qamchi, yomon o t g a ming qamchi (Maqol). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu soʻz at tarzida talaffuz qilingan (ПДП, 361; DS, 65); Mahmud Qoshgʻariy bu soʻzni "qattiq talaffuz qilinadigan alif bilan" deb alohida taʼkidlaydi (Devon, I, 70); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: at > ât.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi I

  1. Yakka tuyoqlilarga mansub oʻtxoʻr, sutemizuvchi yirik ish-ulov hayvoni. ◆ Oq ot. ◆ Qashqa ot. ◆ Yoʻrgʻa ot. ◆ Ot abzali. ◆ Otga taqa qoqmoq. ◆ Otga minmoq. ◆ Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. Maqol ◆ Sidiqjon egarga yaxshiroq oʻrnashib, otning jilovini silkidi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“ ◆ Uzoqdan ot yeldirib keluvchi otliqni koʻrgan Sodiq koʻchaning oʻrtasida toʻxtadi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
    Ot zavodi - ot naslini yaxshilash va nasldor, yuqori sifatli otlarni koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi maxsus xoʻjalik, korxona.
    Ot kuchi - maxs. 75 kg/m sekundga yoki 0,736 kvtga teng quvvat. ◆ 80 ot kuchiga ega boʻlgan traktor.
    Ot sporti - otda yurish, mashq qilish musobaqalarining umumiy nomi. ◆ Olimpiada oʻyinlari dasturiga ot sportining bir necha turlari kiritilgan.
    Ot oʻyin - esk. 1) ayn. sirk. ◆ -Shu, teatr degani nima, ot oʻyinimi? — Abdishukurdan soʻradi choyfurush Sadriddin boyvachcha. Oybek, „Tanlangan asarlar“ 2) ayn. karusel.
  2. Otning boshiga oʻxshatib yasalgan shaxmat donasi, asp. ◆ Otni yurmoq. Ot bshgan shoh bermoq.
  3. Muchal yil hisobida yettinchi yil nomi. ◆ Uning yili ot.
    Ot yili - muchal yil hisobida yettinchi yil (q. muchal).
    Ot mindirmoq - ot sovgʻa qilmoq, ot bilan mukofotlamoq. ◆ Eshitganlar shoirga rahmat aytib, biri tun kiydirib, biri ot mindiribdi. Shukrullo, „Saylanma“ ◆ Bugun biz kanal qazish muddatini tezlatishga tashabbuskor boʻlgan ikki dongdor quruvchiga ot mindirmoqchimiz. Said Ahmad, „Ufq“
    Ot solmoq - ayn. ot qoʻymoq 2.
    Ot qoʻymoq - 1) otning jilovini boʻsh qoʻyib yeldirmoq; 2) mingan otini biror kimsa tomon yoʻnaltirib hujum qilmoq. ◆ Kecha-kunduz togʻma-togʻ dushmanga qarshi ot qoʻyib, ypyui ochamiz. M. Muhamedov, „Mashq“
    Otday boʻlib ketmoq - sogʻaymoq, kasallikni unutib yubormoq. ◆ Ota, tashvish tortmang, sal oʻtmay otday boʻlib ketasiz. "Sharq yulduzi"
    Otdan tushsa ham, egardan tushmaydi - ilgarigi mavqei yoki martabasidan tushgandan keyin ham takabburligini tashlamagan kishi haqida.
    Otni qamchilamoq - q. qamchilamoq.

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ot

Aytilishi

Ma’nosi II

  1. Kishining shaxsiy ismi, nom. ◆ Chaqaloqqa ot qoʻymoq. ◆ Oti(ng) oʻchsin (oʻchgur)! qargʻ. ◆ Oti(ng) qursin (qurgʻur)! qargʻ. ◆ [Mirzakarimboy:] Oting nima jiyan? -Otim Yoʻlchi. Oybek, „Tanlangan asarlar“ ◆ Yaxshi qiz, kechirasiz, otingizni bilmayman, siz xotirjam boʻling, biron joyi bir nima boʻlsa, oʻzim tuzatib beraman. Said Ahmad, „Ufq“
  2. Oʻrgatilgan hayvonlarning nomi; laqab. ◆ Buning oti Toʻrtkoʻz emas. Arslon.
  3. Umuman, narsalarning, hodisalarning nomi, nom biddiruvchi soʻz. ◆ Bu.. togʻning oti Muzloq edi. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ ◆ Mingoʻrik mavzei otidan ham maʼlum - bunda ming chogʻliq oʻrik daraxti oʻsgani uchun.. edi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“ ◆ [Safar boʻzchi:] Choʻzma kekirdagingni, buqoq.. andishaning otini qoʻrqoq qoʻydingmi?! Abdulla Qodiriy, „Mehrobdan chayon“ ◆ [Jannat opa:] Qih.. haligi oti qursin.. Malikboyning maydonida! Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
    Ot qoʻymoq - nom bermoq, atamoq.
    Oti yoʻq - yev. chayon haqida aytiladi.
    Otiga(gina) - shunchaki, koʻrinishga, nomiga. ◆ U otigagina rais, hamma ish muovin qoʻlida. yash Otigagina xon boʻlib oʻtiruvchi Xudoyorxon, Musulmonqul maydondan olinguncha oʻzining qoʻgʻirchoq sifat yura berishini tushundi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
    Otimni boshqa qoʻyaman - qasam, ontni ifodalovchi ibora. ◆ Boshlangan ishni oxirigacha olib bormasam, otimni boshqa qoʻyaman. Oydin, „Sadagʻang boʻlay, komandir“
  4. Unvon, mansab, nom. ◆ Bir qari odamga "kuyovlik" otini berish ham uni kuyov boʻlganday quvontiradi. Sadriddin Ayniy, „Qullar“
  5. s. t. Zot, urugʻ. ◆ [Sunnat:] Kel, oʻsha Muharraming boʻlmasa, boshqasi-da, qiz oti qurib ketibdimi? Shuhrat, „Shinelli yillar“
  6. Shuhrat, dong. ◆ Yaxshidan ot qolar, yomondan dod qolar. Maqol ◆ Izlar boʻldim Qorajonning qizini, Ot koʻtargan Zulxumorning oʻzini. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
    Ot chiqarmoq - nom chiqarmoq, dong taratmoq, shuhrat qozonmoq, mashhur boʻlmoq, tanilmoq. ◆ Qoʻlingdan kelgancha chiqar yaxshi ot. Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot! Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
  7. Shaʼn, nomus, gʻurur. ◆ [Usta Olim:] Sizga xabar berib oʻtirishni yigitlik otiga ep bilmay, menga ham bir narsa sezdirmagan. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
  8. tlsh. Predmetni bildirib, "kim?" yoki "nima?" soʻrogʻiga javob boʻladigan soʻz. ◆ Turdosh ot. ◆ Atoqli ot. ◆ Mavhum ot. ◆ Biror shaxs, narsa yoki joyga atab qoʻyilgan nomlar atoqli otlar sanaladi. "Ona tili" darsligi

Sinonimlari

Antonimlari

ОТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ot

ot (koʻplik otlar)

Tillarda

ot I
1 конь, лошадь; // лошадиный, конский; конный; ◆ ot chopmoq (или choptirmoq) скакать на лошади; ◆ otda yurmoq ездить верхом на лошади; ◆ yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi посл. хорошей лошади довольно одного удара, а плохой - и тысячи мало; ◆ ot tepkisini ot koʻtarar посл. удар лошади выдержит (только) лошадь; ◆ otni kamchin bilan emas, yem bilan qayda посл. подгоняй лошадь не плетью, а кормом (соотв. не гони коня кнутом, а гони его овсом); ◆ ot olmay oxur tuzat посл. исправь стойло до покупки лошади (во всяком деле надо быть предусмотрительным); ◆ ot oriqlikda koʻrimsiz, qiz - yetimlikda посл. лошадь неприглядна в худобе, девушка в сиротстве; ◆ otingni yaxshi koʻrsang, ayilini mahkam tort посл. если любишь свою лошадь - подтяни подпругу потуже (если любишь своего ребёнка - держи его в строгости); ◆ otdan tushsa ham, egardan tushmaydi посл. см. egar; ◆ ot solmoq (или qoʻymoq) скакать на коне (нападая на кого-л., догоняя кого-л.); совершить конный рейд, конный набег; ◆ aravakash ot ломовая лошадь; ◆ salt ot верховая лошадь; ◆ ot zavodi конный завод; ◆ ot kuchi физ. лошадиная сила; ◆ ot yili год лошади (седьмой год двенадцатилетнего животного цикла; см. muchal); ◆ ot-ulov тягло, тягловая сила; рабочий скот; ◆ ot-ulovsiz xoʻjalik хозяйство, не имеющее тягловой силы; ◆ ot-arava (букв. лошадь и арба) повозка;
2 шахм. конь; ◆ 

  • ot oʻyin уст. 1) карусель 2) цирк; ◆ ot sovutar 1) проводка лошади; 2) отдых, передышка.


ot II
1 имя; название; ◆ otingiz nima? как ваше имя?; как вас зовут?; ◆ ot qoʻymoq или ◆  ot bermoq назвать, дать (присвоить) имя;
2 известность, слава; ◆ ot chiqarmoq прославиться; ◆ oti borning oti chiqar посл. конный славу себе добудет (игра слов, основанная на омонимии); ◆ yomon ot chiqarmoq получать дурную славу; приобретать плохую репутацию;
3 грам. имя существительное; ◆ otga koʻchgan sifat субстантивированное прилагательное; ◆ 

  • oti yoʻq (букв. безымянный) эвф. скорпион; ◆ otiga(gina) только и славы (что); только и названия; только номинально; ◆ otimni boshqa qoʻyaman выражение клятвы; я изменю своё имя (если..., если не...), я буду не я (если.., если не...).

Ozarbayjoncha (az)

Ot

ot

dori, oʻt, zahar

Qrim-tatarcha (crh)

Ot

ot

Qoraqalpoqcha (kar)

Pak qiz

Sifat

ot


Novialcha (nov)

Andoza:nov-adj


Romanshcha (rm)

Ot

ot

Shvedcha (sv)

Ot

ot

Turkcha (tr)

Ot

ot

Turkmancha (tk)

Ot

ot